TA 6949: O’zb – «Suv resurslarini boshqarish va sug’orish milliy strategiyasini amalga oshirish»

TA 6949: O’zb – «Suv resurslarini boshqarish va sug’orish milliy strategiyasini amalga oshirish»

2024 yil 8 oktyabrda Alterra Teams ofisida «COWATER International» bilan qo’shma loyiha bo’yicha oraliq hisobotni taqdim etishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu loyiha «2024-2026 yillarda O’zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish strategiyasi va irrigatsiya sektorini rivojlantirish»hujjatini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligi vakillari; O’zbekiston Respublikasi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (NIIIVP) boshlig’i va boshlig’ining o’rinbosari; Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi vakili; TIIIMXX ilmiy-tadqiqot instituti vakili va «Suvchilar maktabi»OOO o’quv bo’limi rahbari ishtirok etdi.

Seminarning kun tartibi «TA-6949UZB: irrigatsiya va suv resurslarini boshqarishning Milliy strategiyasini amalga oshirish»texnik ko’maklashish loyihasi bo’yicha oraliq hisobotni taqdim etish edi.