📢🌍ALTERRA TEAMS TOTALENERGIES RENEWABLES UZBEKISTAN loyihasi uchun gidrologik tadqiqotlar oʻtkazadi.
2025-yil 29-sentabrda ALTERRA TEAMS kompaniyasi Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan kelajakdagi Tutli-2 quyosh elektr stansiyasi uchun kompleks gidrologik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha TOTALENERGIES RENEWABLES UZBEKISTAN bilan shartnoma imzoladi.
Tutli-2 loyihasi taxminan 178 gektar maydonni egallaydi va 2020-yilda TotalEnergies tomonidan muvaffaqiyatli ishga tushirilgan Tutli-1 (132 MVt) quyosh elektr stansiyasi yonida joylashadi. Yangi tadqiqot Tutli-1 obyekti uchun o‘tkazilgan avvalgi izlanishlar natijalariga, jumladan mavjud drenaj tizimi va bajarilgan topografik tekislash ishlariga asoslanadi.
Ushbu shartnoma doirasida ALTERRA TEAMS quyidagilarni amalga oshiradi:
• batafsil gidrologik tadqiqotlar;
• gidravlik modellashtirish va suv bosish xavfi xaritalarini ishlab chiqish;
• iqlim o’zgarishining ob’ektning gidrologik sharoitlariga ta’sirini baholash.
Yakuniy bosqich loyiha hujjatlari tarkibiga kiruvchi va loyihaning ishonchliligini hamda uzoq muddatli barqarorligini ta’minlovchi kompleks Yakuniy hisobotni tayyorlash bo’ladi.
O’zbekistonda gidrologiya va gidravlik modellashtirish sohasidagi ALTERRA TEAMS ekspertlarining tajribasi va bilimlariga tayanib, hamkorlarimizning ishonchini qadrlaymiz va qayta tiklanadigan energiya hamda «yashil infratuzilma»ni rivojlantirishga hissa qo’shish imkoniyatidan faxrlanamiz.